Margʻilon shahar hokimi sobiq o'rinbosari oʻz uyida osilgan holda topildi

13:47 03 Dekabr 2019 Jamiyat
2291 0

Fargʻona shahar IIB navbatchilik qismidan 30.11.2019-yil soat 11-00 larda kelib tushgan xabarga koʻra, Fargʻona shahar, Iftixor m.f.y., Mustaqillik koʻchasi, 174-xonadonda yashagan, 15.11.1984-yilda tugʻilgan Tuxtamatov Elyorbek Dilijonovichning yashash xonadoni yertoʻlasida kabeldan sirtmoq yasab, oʻzini oʻzi osib vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Mazkur xabar asosida Fargʻona shahar prokuraturasi, shahar IIB xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi koʻzdan kechirilib, protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

E.Tuxtamatov murdasi sud tibbiy ekspert ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning boʻyin yuqori sohasida oldindan orqaga yoʻnalgan bir yoʻlli strangulyatsion egat mavjudligi aniqlangan. Boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

E.Tuxtamatovning oʻlimi sababini aniqlash yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida uning oʻlimiga “boʻyin aʼzolarini yarim qattiq jism bilan siqilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya” sabab boʻlganligi koʻrsatilgan.

Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan hozirda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Maʼlumot uchun, Tuxtamatov Elyorbek Dilijonovich, 15.11.1984-yilda Fargʻona shahrida tugʻilgan, millati oʻzbek, Oʻzbekiston fuqarosi, oilali (rasman ajrashmagan), 3 nafar farzandi bor, maʼlumoti oliy, 2018-yil avgustdan boshlab Margʻilon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha 1-oʻrinbosari lavozimiga tayinlanib, 2019-yilning apreli oyida oʻz xohishiga koʻra egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер