Maqsad – yovvoyi tabiatni asrash

15:04 18 Yanvar 2023 Jamiyat
757 0

Fotoreportaj

Qish faslida ayni ayoz zabtiga olgan bir kezda togʻli va oʻrmonli hududlarni makon qilgan jonzotlar uchun ozuqa topish birmuncha qiyinlashadi. Bunday holatlarda esa ularni muhofaza etishga masʼul boʻlgan mutasaddilar tomonidan doimiy biotexnik tadbirlari oʻtkazilishi maqsadga muvofiqdir.

Samarqand viloyat ekologiya boshqarmasining xabar berishicha, anomal sovuq boshlangan kunlardanoq hududdagi “Zarafshon” milliy tabiat bogʻida yovvoyi hayvon va qushlarni oziqlantirish maqsadida sunʼiy ozuqa maydonchalari yaratilib,zarur yemishlar qoʻyib chiqilgan.

 

Bundan tashqari shu kunlarda “Kattaqoʻrgʻon”, «Sobirsoy», “Shoʻrkoʻl” va “Toytuyoq” ovchilik xoʻjaliklarida ham viloyat ovchilar va baliqchilar sport birlashmasi hamda viloyat ekologiya boshqarmasi hamkorligida biotexnik tadbirlar tashkil etilib, hududda yovvoyi hayvonlar uchun jami 1 tonnaga yaqin maxsus ozuqalar joylashtirildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер