“Manchester Siti” yirik gʻalabaga erishdi
Kecha, 11-fevral kuni Angliya Premyer ligasining 26-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Tur doirasidagi uchrashuvda “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida “Fulhem” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Erling Holand, Antuan Semeno va Niko OʼRaylli mualliflik qildi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov oʻyinni zaxirada boshladi. Futbolchi 60-daqiqada Mateus Nunes oʻrniga maydonga tushirildi. Abduqodirning 30 daqiqalik harakati “Sofascore” portali tomonidan 6,9 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, “Manchester Siti” jamoasi keyingi uchrashuvini 14-fevral kuni Angliya kubogi doirasida “Salford” klubiga qarshi oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring