“Manchester Siti” final yoʻlida “Sautgempton” bilan oʻynaydi
Kecha, 5-aprel kuni futbol boʻyicha Angliya kubogi musobaqasining yarim final oʻyinlariga qurʼa tashlandi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov toʻp surayotgan “Manchester Siti” jamoasi bu bosqichda “Sautgempton” klubi bilan kuch sinashadi. Maʼlumot uchun, ushbu klub musobaqaning chorak finalida sensatsion tarzda APL yetakchisi “Arsenal”ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.
Ikkinchi yarim finalda esa penaltilar seriyasi natijasiga koʻra, safarda “Vest Hem”dan ustun kelgan “Lids Yunayted” jamoasi “Chelsi” bilan toʻqnash keladi.
Maʼlumot uchun, Angliya kubogi musobaqasining har ikki yarim final oʻyini joriy yilning 25-aprel kuni boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring