Mamlakatimizga Moderna vaksinasining navbatdagi yirik partiyasi olib kelindi — SSV
Foto: SSV Matbuot xizmati
Bugun, 9-mart kuni mamlakatimizga COVAX dasturi doirasida 2 257 600 doza Moderna vaksinasi keltirildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Shunday qilib, Oʻzbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 59 269 023 dozaga yetdi.
Ulardan:
2 404 480 dozasi AstraZeneca;
41 996 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
1 341 790 dozasi “Sputnik V”;
8 580 460 dozasi Moderna;
2 626 650 dozasi Pfizer/BioNTech;
1 976 000 dozasi Sinovac;
343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan 46,5 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qoʻllanildi.
Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 12 720 731 doza vaksina zaxirasi mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring