Mamlakatimizda jami 52,4 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi

10:12 11 May 2022 Jamiyat
815 0

2022-yil 10-may mamlakatimiz hududlari boʻylab 130 596 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

— 1-bosqich emlanganlar 3 156 nafarni,

— 2-bosqich emlanganlar 13 084 nafarni,

— 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 114 356 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 52 486 997 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

— 1-bosqich emlanganlar 20 288 229 nafarni,

— 2-bosqichda emlanganlar 16 342 260 nafarni,

— 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 15 856 508 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

— Samarqand viloyati (17 259 doza),

— Toshkent shahri (14 735 doza),

— Xorazm viloyati (12 771 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 94,6 foizga, toʻliq vaksina kursini olganlar esa 76,8 foizga yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер