Mamlakatimizda “Notariuslardan huquqiy bilimlar” aksiyasiga start berildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Fondi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan “Notariuslardan huquqiy bilimlar” grant loyihasi doirasida ikki kunlik “Notariuslardan huquqiy bilimlar” aksiyasiga start berildi.
Aksiya doirasida Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 151-umumtaʼlim maktabi faollar zalida Oʻzbekiston Notarial palatasi hamda “Madad” NTT hamkorligida mahallalar raislari (oqsoqollari) uchun oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Notariuslar tomonidan mahalla va fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari)ga ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida tushuntirish berilib, fikr-mulohazalar almashildi.
Aksiya doirasida Oʻzbekiston Notarial palatasi grant loyihasi doirasida ishlab chiqqan uslubiy qoʻllanmalar tarqatildi.
Ushbu tadbirlardan koʻzlangan maqsad mahallalar raislari(oqsoqollari)ga yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirish uchun ularning huquqiy bilim va koʻnikmalarini oshirish, aholi oʻrtasida sarsongarchiliklarning oldini olishdan iborat.
Аksiya doirasida tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring