Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

10:21 20 Mart 2025 Jamiyat
229 0

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.

Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan “Lacetti” rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 1978-yilda tugʻilgan fuqaroga tegishli sellofan paketda 874 ming AQSH dollari borligi aniqlandi. Mazkur shaxs ushbu mablagʻni bojxona deklaratsiyasiz, yashirin yoʻllar bilan Qozogʻistonga olib chiqmoqchi boʻlgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Toshkent shahrida savdo bilan shugʻullanuvchi shaxslar tomonidan toʻplangan mablagʻlarni ushbu ayolga topshirgan yana bir shaxs ham fosh etildi. Toshkent tumanida vaqtincha istiqomat qilayotgan 1989-yilda tugʻilgan fuqaroning yashash xonadoni tekshirilganda, qoʻshimcha ravishda 399 ming 170 AQSH dollari borligi aniqlandi. Ushbu mablagʻ kelgusida noqonuniy tarzda Qozogʻistonga olib oʻtish uchun tayyorlab qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.

Natijada tezkor tadbir davomida jami 1 million 273 ming 170 AQSH dollari noqonuniy muomaladan chiqarildi va ashyo dalil sifatida olib qoʻyildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 182-moddasi 2-qismi “a” bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер