“Malika”da uch kishini pichoqlab qochgan shaxs qidirilmoqda

09:08 14 Iyul 2018 Jamiyat
1895 0
Illyustrativ foto

12 iyul kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Olmazor tumanida yashovchi muqaddam sudlangan Saidnu’mon Akbarov “Malika” savdo majmuasining avtoturargohida o‘zaro janjal oqibatida Olmazor tumanida yashovchilar X.S., A.A. va J.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarda yozilishicha, olgan jarohatlari sabab X.S., A.A., J.M. kasalxonaga yotqizilganlar. S.Akbarovni esa ushlash choralari ko‘rilgan.

“Hurmatli fuqarolar, orangizda kimda kim Saidnu’mon Akbarovni ko‘rgan, u haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi IIV xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер