Malayziyalik olimlar Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘ldi

10:12 04 Noyabr 2021 Jamiyat
628 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Navoiy davlat pedagogika institutida Malayziya davlatining Menejment va Fan universiteti (MSU) bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda  MSU prezidenti, prorektori  hamda universitet olimlaridan iborat delegatsiya aʼzolari, mezbon tarafdan esa Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov, institut rektori B.Sobirov hamda taʼlim dargohining ilmiy Kengashi vakillari ishtirok etdi.    

Uchrashuvda  Malayziya Menejment va Fan universiteti hamda  NavDPI kelishuvi asosida xalqaro biznes, buxgalteriya va moliya, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, “halol” sertifikatlash  markazi, dasturiy injenering kabi taʼlim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha takliflar bildirilib, tomonlar uni maʼqulladi.

Shuningdek, malayziyalik mehmonlarga Navoiy viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, erkin iqtisodiy zonada amalga oshirilayotgan faoliyat turlari hamda taqdim etilayotgan  imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер