Maktablarga Xitoy granti asosida texnik jihozlar ajratildi

15:51 23 Yanvar 2024 Jamiyat
651 0

Buxoro viloyati Peshku tumanida faoliyat yuritayotgan bir nechta umumtaʼlim maktabi zamonaviy kompyuterlar va boshqa jihozlar evaziga oʻzining moddiy-texnik bazasini mustahkamladi. Bu loyiha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi hamkorligi natijasida amalga oshdi.

Tumandagi 33-umumtaʼlim maktabiga ham shunday texnika vositalari ajratildi. Natijada bilim dargohida zamonaviy kompyuterlar, videoproyektor, konditsioner, printer va boshqa texnik vositalar bilan jihozlangan oʻquv xonasi yuzaga keldi.

— Yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashlarida bunday jihozlarning oʻrni juda katta, — deydi oʻqituvchi Shahrizoda Niyozova. — Oʻquvchilarimiz shu imkoniyatdan oqilona foydalanib, IT texnologiyalari yordamida “Bir million dasturchi” dasturi “Coursera” platformasining bepul professional kurslari hamda vazirligimizning taʼlim resurslarini oʻzlashtirishmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi granti asosida keltirilgan bu texnik jihozlar yoshlarga zamonaviy ilm va kasblar sir-asrorlarini oʻrganishda juda qoʻl keladi.

Aytish joizki, viloyatdagi 54 ta umumtaʼlim maktabi Xitoy Xalq Respublikasi grantlari asosida xuddi shunday texnik vositalar bilan taʼminlandi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер