Maktablarda “Yoshlar teatr studiyalari” orqali byudjetdan tashqari pul topilmoqda
Bugungi kunda Respublika boʻyicha 3213 ta umumtaʼlim maktablarida “Yoshlar teatr studiyalari” tashkil etilgan boʻlib, ularga 295 mingdan ortiq oʻquvchilar jalb qilingan.
Oʻquvchi-yoshlarning qiziqishlariga asosan Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda 12 ta ssenariy loyihalari taʼlim muassasalariga yetkazib berilgan, shu ssenariylar asosida oʻquvchilar tomonidan turli sahna koʻrinishlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi 158-umumtaʼlim maktabida “Yoshlar teatr studiyasi” tomonidan ota-onalar uchun “Teatr kundaligi” oʻtkazildi.
Unda har bir sinf yoʻnalishida 10 ga yaqin sahna koʻrinishlari tashkil etildi. Teatr tomoshalariga kelgan 120 nafar ota-onalar oʻz farzandlari uchun teatr tomoshalariga chipta xarid qildi.
Teatr tomoshalari jarayonida ota-onalar farzandlarining ezgu gʻoyalar asosida tarbiyalanayotganidan mamnunligini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring