Maktablarda kuzgi taʼtil qachondan boshlanishi aytildi
Maktablarda kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlanadi. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, amaldagi tartibga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari uchun joriy oʻquv yilining kuzgi taʼtili 2025-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi.
Shuningdek, II chorak dars mashgʻulotlari 2025-yil 10-noyabrdan boshlanishi belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring