Maktablarda 4-chorak 29-martdan boshlanadi

19:04 26 Mart 2021 Iqtisodiyot
3932 0

Hozirda yurtdoshlarimizdan bahorgi taʼtil uzaytirildimi degan juda koʻplab savollar kelib tushmoqda. Mazkur savolga javoban Xalq taʼlimi vazirligi bahorgi taʼtil 28-martgacha davom etishi, 4-chorakning ilk kuni 29-mart ekanligini yana bir bor maʼlum qiladi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Shuningdek yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda gibrid shakldagi taʼlimga ruxsat etilganligini, qaysidir maktab yoki hududdagi epidemiologik vaziyatga qarab maktab karantinga yopiladigan boʻlsa, ushbu maktab oʻquvchilari vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha taʼlimni onlayn shaklda davom ettirishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер