Maktablarda 2023/2024 oʻquv yili 4-sentyabrdan boshlanadi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2 syentyabr — shanba qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3-sentyabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.
Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024 oʻquv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentyabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz, deyiladi vazirlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring