Maktablarda 2020-2021 oʻquv yili yakunida qaysi fanlardan imtihon boʻlishi maʼlum qilindi

15:07 12 Aprel 2021 Jamiyat
21640 0

Joriy yilda oʻrta taʼlim muassasalarida boʻlib, oʻtadigan imtihonlar qay tarzda boʻlib oʻtishi haqida Toshkent shahar XTBB maʼlumot berdi. Unga koʻra oʻquvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradi:

5-sinfda 2 ta fandan: “Matematika”, “Chet tili”;

6-sinfda 2 ta fandan: “Tarix”, “Biologiya” (botanika);

7-sinfda 2 ta fandan: “Ona tili va adabiyot” hamda 1 ta tanlov fani (Tanlov fani sifatida “Oʻzbek tili/rus tili”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Matematika”, “Chet tili” fanlaridan 1 tasi tanlanadi);

8-sinfda 2 ta fandan: “Chet tili” hamda 1 ta tanlov fani (Tanlov fani sifatida “Davlat va huquq asoslari”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Matematika” fanlaridan 1 tasi tanlanadi);

9-sinfda 7 ta fandan:“Ona tili va adabiyot”, “Oʻzbek tili/rus tili” (taʼlim oʻzbek tilidagi maktablar uchun “Rus tili”, taʼlim rus va qardosh tillardagi maktablar uchun “Oʻzbek tili”), “Matematika”, “Biologiya”, “Tarix”, “Jismoniy tarbiya” hamda 1 ta tanlov fani (Tanlov fani sifatida “Informatika va axborot texnologiyalari”, Chet tili” fanlaridan 1 tasi tanlanadi);

10-sinfda 3 ta fandan:“Informatika va axborot texnologiyalari”, “Tarix” hamda 1 ta tanlov fani (Tanlov fani sifatida “Kimyo”, “Biologiya”, “Matematika”, “Geografiya” fanlaridan 1 tasi tanlanadi. Bunda, variativ oʻquv reja asosida taʼlim olgan oʻquvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi);

11-sinfda 5 ta fandan:“Ona tili va adabiyot”, “Matematika”, “Chet tili”, “Oʻzbek tili/rus tili” (taʼlim oʻzbek tilidagi maktablar uchun “Rus tili”, taʼlim rus va qardosh tillardagi maktablar uchun “Oʻzbek tili”) hamda 1 ta tanlov fani (Tanlov fani sifatida “Kimyo”, “Biologiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Fizika” fanlaridan 1 tasi tanlanadi. Bunda, variantiv oʻquv reja asosida taʼlim olgan oʻquvchilar ham ushbu tanlov fanlaridan birini tanlaydi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер