Maktablar taʼmiri uchun ota-onalardan pul yigʻish mumkinmi? XTV javob berdi
Xalq taʼlim vazirligi ommaviy axborot vositalarining maktablarni joriy taʼmirlash masalalariga aslida kim masʼul degan savollariga javob berdi.
Vazirlikning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning tegishli farmon va qarorlari bilan umumtaʼlim maktablardagi qurilish taʼmirlash, obodonlashtirish, mavjud muammolarni hal qilish, kuz-qish mavsumiga tayyorlash, xalq taʼlimi muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, yaʼni maktabning shakliga mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari shaxsan masʼul etib belgilangan.
Lekin, joylarda maktablarning moddiy-texnik ahvoli qanday ekanligini barcha yaxshi biladi. Maktablarda yillar davomida yigʻilib qolgan muammolar borligi, maktab doimiy eʼtibor talab qiladigan maskan boʻlgani sababli ajratilayotgan mahalliy byudjet mablagʻlari ularni hal qilishga har doim ham yetmaydi.
“Shu bois maktab maʼmuriyati imkoni boricha yordam qila olishi mumkin boʻlgan ota-onalar va homiylarning yordamini olishga ham harakat qiladi. Biroq maktab maʼmuriyatlariga hammaga bir xil yondashib, majburiy pul yigʻish holatlariga yoʻl qoʻyilmasligini, maktablarga yordam faqat ixtiyoriy boʻlish kerakligini yana bir bor eslatib oʻtamiz”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring