Maktablar kompyuter jamlanmalari bilan taʼminlanmoqda

13:14 01 Yanvar 2024 Jamiyat
787 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan butun Respublika boʻylab maktablardagi kompyuter sinfxonalari xatlovdan oʻtkazilayotganligi haqida xabar bergandik.

Jumladan, Toshkent shahridagi maktablarning barcha kompyuter xonalari ham xatlovdan oʻtkazilib, mavjud 335 ta maktabdan 258 tasida kompyuter jihozlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.

Ushbu ehtiyojni qoplash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktablarga 304 dona kompyuter sinfxonalari toʻplami joʻnatilmoqda.

Har bir toʻplam 16 ta kompyuter, 1 dona printer, konditsioner, interaktiv doska va serverdan tashkil topgan.

Respublikaning boshqa hududlariga ham kompyuterlar bosqichma-bosqich tarzda yetkazib beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер