Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining matbuot kotibi tayinlandi

17:02 06 Mart 2023 Siyosat
823 0

Foto: Халқ сўзи

Sobirova Dilfuza Azimjonovna Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi - matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

D.Sobirova “Darakchi” va Soliq plyus» gazetalarida Bosh muharrir, “Yoshlar Media markazi” Boshqaruv raisi oʻrinbosari va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi - matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер