Maktabgacha taʻlim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi
Ayni kunlarda viloyatimizda ham Maktabgacha taʻlim agentligining Jahon Banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhi bilan birgalikda 2023-yilning 30-oktabr kunidan 3-noyabr kuniga qadar davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichi oʻtkazilmoqda.
“Oʻyinga asoslangan taʻlim” mavzusidagi oʻquv kursiga 33 nafar maktabgacha taʻlim tashkilotlari tarbiyachilari qamrab olingan boʻlib, 5 kun davomida sifatli erta taʻlim va maktabgacha taʻlim pedagoglarining roli, oʻyinga asoslangan taʻlim va pedagogika tamoyillari kabi mavzularda mashgʻulotlar olib boriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring