Maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni qariyb 6,5 mln. nafarga yetgan

13:41 15 Fevral 2023 Jamiyat
522 0

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023- oʻquv yili boshiga Oʻzbekistonda umumtaʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni qariyb 6,5 mln. nafarni tashkil etgan.

Shundan, 1–4-sinf oʻquvchilari soni 2,5 mln. nafarni yoki jamiga nisbatan 39,4 % tashkil etgan.

Hududlar boʻyicha 1–4- sinf oʻquvchilari soni:

— Qoraqalpogʻiston R. — 144,2 ming nafar;

— Andijon viloyati — 234,7 ming nafar;

— Buxoro viloyati — 127,9 ming nafar;

— Jizzax viloyati — 105,6 ming nafar;

— Qashqadaryo viloyati — 262,2 ming nafar;

— Navoiy viloyati — 74,3 ming nafar;

— Namangan viloyati — 211,9 ming nafar;

— Samarqand viloyati — 306,8 ming nafar;

— Surxondaryo viloyati — 216,7 ming nafar;

— Sirdaryo viloyati — 60,5 ming nafar;

— Toshkent viloyati — 201,9 ming nafar;

— Fargʻona viloyati — 273,2 ming nafar;

— Xorazm viloyati — 138,8 ming nafar;

— Toshkent shahri — 185,3 ming nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер