Maktab oʻqituvchilari yangi metodika asosida qayta tayyorlanadi

11:04 16 Aprel 2022 Jamiyat
930 0

Davlatimiz rahbari topshiriqlariga muvofiq, maktab oʻqituvchilari yangi metodika asosida qayta tayyorlanadi.

Bu borada Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida trenerlarni tayyorlash kurslariga start berildi.

Kembridj tajribasi asosida trenerlar tayyorlash va maktab oʻqituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish koʻzda tutilayotgan ushbu kurslar Toshkent Xalqaro Vestminister universitetida olib borilmoqda.

Trenerlarni tayyorlash kurslariga Toshkent shahridagi Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan xamda Xalq taʼlimi tizimi tashkilotlaridan jami 55 nafar professor-oʻqituvchilar jalb etilgan.

Mazkur tayyorlangan trenerlar yordamida oliy taʼlim muassasalari, xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi xududiy malaka oshirish markazlari professor-oʻqituvchilari va tajribali pedagoglardan iborat ming nafar xududiy trenerlar tayyorlanib, ular koʻmagida Toshkent shahar, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatlarining maktab oʻqituvchilarini yangi metodikalarga oʻrgatish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер