Maktab bitiruvchilari harbiy xizmatga otlandi

12:59 28 Noyabr 2024 Jamiyat
251 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida yangi loyihalarga kirishildi. Jumladan, kelgusi yilda maktabni tamomlaydigan yigitlar uch kunlik harbiy xizmatga yuborilmoqda.

— Har bir yigit eng avvalo, Vatan himoyachisi boʻlmogʻi kerak, — deydi Andijon shahridagi 18-umumtaʼlim maktabining oʻquvchisi Jahongir Sobirov. — Bu shunchaki balandparvoz gap boʻlishini xohlamayman. Shuning uchun harbiy qismlarga boʻladigan safarga rozi boʻldim. Uch kun ichida harbiylar hayoti, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, jangovar mashgʻulotlarda ishtirok etmoqchiman.

Bugungi kunga qadar viloyatdagi 20 tadan ziyod maktablarning bitiruvchilari shu kabi amaliyot davomida harbiy tayyorgarliklarini sinovdan oʻtkazishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер