Makgregor Messi va Ronaldudan oʻtib ketdi

22:03 12 May 2021 Sport
1437 0

Foto: AP

UFCning sobiq chempioni Konor Makgregor «Forbes» jurnalining eng koʻp maosh oladigan sportchilar reytingida birinchi oʻrinni egalladi.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, hisobot davrida 32 yoshli irlandiyalik sportchi 180 million dollar ishlab olishga muvaffaq boʻlgan. U bu mablagʻning katta qismini reklama shartnomalaridan topgan.

Reytingning ikkinchi pogʻonasini Ispaniyaning “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi band etdi. Uning daromadi 130 million dollarga teng.

Reytingda kuchli uchlikni Italiyaning «Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yakunladi. Uning daromadi 120 million dollarni tashkil etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер