Mahsulotlar Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Afgʻonistonga eksport qilinadi
Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Tinchlik” mahallasi hududidagi 50 gektar maydonni egallagan 63ta sexdan iborat parrandachilik fabrikasi bosqichma-bosqich mukammal taʼmirlanmoqda. Bir paytlar tumanning nufuzi boʻlgan ushbu tovuqxona tashlandiq holga kelib qolgandi. “Novobod naslli parranda” fermer xoʻjaligi tashabbusi bilan uning tasarrufiga oʻtgach, korxonaga qayta hayot bagʻishlandi.
Yaqin kelajakda 3-bosqich sexlari ishga tushgach, 330 ming bosh naslli ona tovuq boqilib, 40 million donadan ortiq inkubatsion tuxum ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu bilan Toshkent viloyatida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligidagi eng katta parranda naslchilik xoʻjaligi yaratiladi. 160 nafar mahalliy aholi doimiy ish bilan taʼminlanadi.
Fabrika mahsulotlari ichki bozor bilan bir qatorda Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston va Afgʻoniston davlatlariga ham eksport qilinadi.
Shodiyor MUTAHAROV
(“Xalq soʻzi”).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring