Mahalliy tadbirkorlarga strategik foydali qazilma konlarini berishni yanada kengaytiramiz — Shavkat Mirziyoyev

14:14 21 Iyun 2023 Iqtisodiyot
781 0

“Kelgusi yetti yilda 60 ming kvadrat kilometr maydonda geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirish uchun byudjetdan 10 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, bu yo‘nalishga Kanada, Fransiya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalarining 2 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarini ham jalb qilamiz.

Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarga ham strategik foydali qazilma konlarini berishni yanada kengaytiramiz. Bu borada, shu yilning o‘zida oltin, kumush, volfram, ko‘mir hamda noruda konlarga 500 ta ruxsatnomalar beriladi.

Bu ishlarni kelgusi yillarda 4 barobar oshiramiz”, – dedi nomzod.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер