Mahalliy qatnovda yuk tashishda amaldagi tarif stavkalariga yangi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi — “Oʻzbekiston temir yoʻllari”

10:08 03 Oktyabr 2023 Jamiyat
332 0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati 2019-2023-yillar mobaynida jamiyat boʻyicha yoqilgʻi va elektr energiya xarajatlari, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, ish haqi fondi oshganligini eʼtiborga olib hamda mahalliy qatnovda yuklarni tashishdan koʻrilayotgan zararni kamaytirish maqsadida 2023-yil 20-oktyabrdan mahalliy qatnovda yuk tashishda 10-01 Preyskurantining amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi tarif stavkalariga quyidagi yangi koeffitsiyentlar oʻrnatilishini maʼlum qiladi:

– quyidagi liniyalar ishtirokisiz – 0,7150;

– “Toshgʻuzar – Boysun – Qumqoʻrgʻon” liniyasi ishtirokida – 0,7523;

– “Angren – Pop” liniyasi ishtirokida – 0,8512;

– ikkala liniya “Toshgʻuzar – Boysun – Qumqoʻrgʻon” va “Angren – Pop”
ishtirokidagi yuk tashuvlarida – 0,8512 (yagona koeffitsiyent)".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер