Mahallalar uchun yangi binolar

18:43 05 Aprel 2022 Jamiyat
853 0

Jizzax viloyatining purviqor togʻlar bagʻrida joylashgan Zomin tumani “Qayirma” mahalla fuqarolar yigʻini binosi yangidan qurilib foydalanishga topshirildi. Xuddi shunday, Doʻstlik tumanida hozirga qadar ijara binolarda faoliyat yuritib kelgan Alisher Navoiy nomidagi fuqarolar yigʻini ham oʻz idorasiga ega boʻldi.

— Mahallamizdagi toʻqqiz yuzga yaqin oilada 6 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi va ularning aksariyati koʻp qavatli uylarda yashaydi, — deydi Alisher Navoiy nomidagi MFY hokim yordamchisi Sunnat Yaxyaxonov. — Shu vaqtgacha mahallamizning oʻz binosi boʻlmagan, har joyda ijarada turilgan. Yangi binoda yigʻin xodimlari uchun barcha qulaylikka ega alohida xonalar ajratilgan boʻlib, aholi bilan samarali ishlash imkoniyatlari kengaydi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер