Mahallada “Adliya kutubxonasi” ochildi

17:21 09 Fevral 2024 Jamiyat
527 0

Fargʻona viloyati Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilda viloyatning 19 ta hududida “Adliya kutubxonasi” tashkil etish moʻljallanmoqda.

Shu kunlarda Fargʻona tumani markazidan 45 kilometr olis hududda joylashgan “Xonqiz” mahalla fuqarolari yigʻinida dastlabki “Adliya kutubxonasi” tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Maʼrifat maskani bir yarim mingdan ziyod turli adabiyotlar hamda 40 mingdan ortiq elektron kutubxona fondiga ega boʻlgan doimiy internet tarmogʻiga ega.

— Kutubxona uchun dastlabki manzil sifatida bejizga ushbu mahalla tanlangani yoʻq, — deydi Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi Abdumannop Boʻriyev. — Boisi 5 ming nafardan koʻproq aholi istiqomat qiluvchi ushbu olis hududning 62 foizi yoshlardan iboratdir.

Eʼtiborlisi, ezgu tashabbus Adliya vazirligi tomonidan faol qoʻllab-quvvatlandi hamda mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida ana shunday ziyo maskanlarini tashkil etish maqsad qilindi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер