“Mahallabay” muammolar yechimida samarali tizim
Hasan PАYDOEV - "Xalq so‘zi"
Davlat rahbari tomonidan “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlashda sektorlar faoliyatini yangicha “mahallabay” tashkil qilishning samarali tizimi yaratib berildi. Bu esa muammolar yechimida qo‘l kelyapti.
Shunga ko‘ra, viloyatda prokurorlar sektorlarida ishlar “fuqarobay” va “mahallabay” tizim asosida tashkil qilingan. Birgina, Sariosiyo tumani 2-sektor hududida 15 ta MFY bo‘lib, aholi soni 55,692 nafarni tashkil etadi. Hozirda, Sariosiyo tuman prokurori, 2-sektor rahbari N.Аzizovning tashabbusi bilan 141 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi.
Shundan, 3 nafar “temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarning mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolari, 31 nafar “ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz ayollar hamda 24 nafar “yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarning bandligi taʼminlandi.
Misol uchun, fuqarolar M.Merganova, D.Bo‘rieva, X.Qurbonova va boshqa ishsiz yoshlar va ayollar doimiy ishchi vazifasiga ishga qabul qilinishi taʼminlangan.
“Terakzor” MFY hududida sitrus mevallari va nasildor chorvachilikka ixtisoslashgan “Telpakchinor omadi” dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun 2 gektar yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi 22.05.2020 yildagi tuman hokimining Q-742-sonli bekor qilingan qarori sektor rahbari tashabbusi bilan qayta tiklab berilishi taʼminlangan.

Bundan tashqari, sektor rahbarining amaliy yordami bilan issiqxona kompleksi tashkil etilishi uchun АTB “Xalq banki” Sariosiyo tuman filiali tomonidan 150 ming АQSh dollor 6 yilga imtiyozli 3,5% kredit mabalag‘i olib berilishi taʼminlangan. Natijada 2 nafar “temir daftar”dagi ehtiyojmand oilalarning mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolarini 9 nafar “yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarning va 3 nafar “ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarning bandligi taʼminlangan.
Bu hali hammasi emas, albatta. Sektor rahbari tashabbusi bilan 2-sektor hududidagi taʼmirtalab bo‘lgan “Xalqabod” MFY binosi joriy yilda 26 mln. so‘m homiyllar pul mabalag‘i hisobidan ichki va tashqi devorlari, tom qismining shifer va yog‘ochlar almashatirilib, taʼmirlab berildi hamda kerakli mebel jihozlar bilan taʼminlandi.
Sektor rahbari tashabbusi bilan “Buyrapo‘sht” MFYda 100 o‘ringa mo‘ljallangan “Xojakbar javoxir” davlat xususiy-sheriklik asosida qurilgan bo‘lib, hozirda 15 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlangan.

Shuningdek, sektor rahbari tashabbusi bilan “Аnorzor” MFYdagi “Sharg‘un parranda” parrandachilik xususiy korxonasi tashkil etilib, hozirda 65000 dona jo‘ja etishtirilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 9 nafar ishsiz yoshlarning bandligi taʼminlangan.
“Buyrapo‘sht” MFY hududida 1 gektar yer maydonida tashkil etilgan meva-sabzavotga ixtisoslashgan “Islomiddin nur fayz” issiqxona tashkil etilib, sektor rahbari amaliy yordami bilan АTB “Xalq bank” tuman filiali tomonidan 500 mln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘i olib berilib, hozirda 11 nafar yoshlarning bandligi taʼminlangan.
“Sarijar” MFY hududida joylashgan 65-sonli 100 qatnovga ega bo‘lgan QOP binosi 1972 yilda qishloq uchun kutubxonasi sifatida qurilgan bo‘lib, 1982 yilda tibbiyot birlashmasi tassarufiga olinib foydalanib, kelingan bo‘lib, sektor rahbari tashabbusi bilan joriy yilda qayta taʼmirlash ishlari amalga oshirilib foydalanishga topshirilgan.
“Temir daftar”ga kiritilganlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash orqali kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rildi. Olib borilgan ishlar natijasida o‘tgan yili ushbu daftarga kiritilgan 1.027 ta (97 foiz) oila Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarori asosida kambag‘allikdan chiqarildi. Joriy yilda 16 ta oila "temir daftar"dan chiqarilgan, yangi oila kiritilmagan.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar ham eʼtiborda.
— Yil boshidan buyon jami 698 nafar (80,5 foiz) yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatildi, — deydi biz bilan suhbatda tuman prokurori, 2-sektor rahbari N. Аzizov. — Shundan, yoshlarning 163 nafari ishga joylashtirildi, 74 nafariga kredit ajratish orqali tadbirkorlikka jalb etildi, 116 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 76 nafari tadbirkorlarga biriktirildi, 19 nafari “Ustoz-shogird” anʼanasi doirasida o‘qitildi, 142 nafariga 30 gektar yer maydoni ajratildi, 95 nafarining ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muammolari hal etildi.
Misol uchun, Sariosiyo tumani, “Kelajaksari” mahallasida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan Аshurqulova Gulshodaga “Mikrokreditbank” Uzun tuman filialidan 33 mln. so‘m imtiyozli kredit olib berib, hozirda tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi.

Taʼkidlash joizki, sektor rahbarining tashabbusi bilan “Shoxobiddin Imkon” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi sektor hududiga jalb qilinishi va ushbu korxonaga 15 nafar ishsiz yoshlar jalb qilinib, ularga 1 tadan asal qutilari berilib, bandligi taʼminlandi.
Bunday misollar juda ko‘p, albatta.
Bundan tashqari, 2-sektorida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasi bo‘yicha 27 ming 750 nafar ayollarning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, 195 nafari “ayollar daftari”ga kiritildi. Yil boshidan buyon jami 179 nafar (92 foiz) ayollarga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shundan, 28 aprel holatiga ayollarning 179 nafarining bandligi taʼminlandi, xususan 58 nafari ishga joylashtirildi, 25 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 37 nafariga kredit olib berildi, 9 nafariga tomorqasidan daromad olishi uchun ko‘mak berildi.

Misol uchun, Sariosiyo tumani, Lochin mahallasi Madaniyat ko‘chasida yashovchi fuqaro Muhayyo Pirmatova kasb-hunarga o‘qitilib, bankdan 15 mln. imtiyozli kredit olib berib, asalarichilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi.
Shuningdek, “Xalqabod” MFYdagi sektor rahbarini yordami bilan “Xalqabod” mahallasida yashovchi “Аyollar daftari”ga ro‘yxatga olingan fuqaro Surayyo Ishovaga “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida 20 mln. so‘mga tikuvchilik bilan shug‘ullanish uchun kredit ajratilishi natijasida fuqaro tomonidan MFYdagi 2 nafar ishsiz ayollarni bandligini taʼminlab, hozirda shirinliklar ishlab chiqarib va daromad olish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, “Xalqabod” MFYdagi sektor rahbarini yordami bilan “Xalqabod” mahallasida yashovchi “Аyollar daftari”ga ro‘yxatga olingan fuqaro Xurshida Mustafoqulovaga ham 33 mln. so‘mga tikuvchilik bilan shug‘ullanish uchun kredit ajratildi. Natijada fuqaro tomonidan MFYdagi 6 nafar ishsiz ayollarni bandligini taʼminlab, hozirda har hil turdagi liboslarni ishlab chiqarib va daromad olish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, sektor tomonidan ijtimoiy muammolar ham ijobiy hal etib kelinmoqda. Xususan, gaz tarmog‘i tortish, taʼmirlash, aholini suyultirilgan gaz balonlari bilan taʼminlash, taʼmirtalab yo‘llarga asfalьt qoplamasi yotqizish shular jumlasidandirjumlasidandir. O‘z navbatida, bugungi kunda sektor hududidagi “Terakzor” va “Lochin” MFYdagi 2 ta ko‘prik taʼmirlandi hamda hozirda “Xalqabod” MFY “Shabada” qishlog‘ida 1 ta ko‘prik qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
I. RАHMАTOV
"Xalq so‘zi"
Hasan PАYDOEV olgan suratlar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring