Mahalla binosi foydalanishga topshirildi

15:49 27 Dekabr 2018 Jamiyat
2728 0

Yangi yil arafasida koʻplab hududlarda yangi va zamonaviy inshootlar qad rostlab, yurtimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshayotir.

Xususan, poytaxtimizning Sergeli tumanida ham biri-biridan goʻzal binolar foydalanishga topshirilyapti. Shulardan biri — “Saxovat” mahalla fuqarolar yigʻini binosidir. Mazkur maskan tuman aholisiga chinakam bayram sovgʻasi boʻldi.

Uning ochilish marosimida qayd etilganidek, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning asl maqsadi mamlakatni ertangi kundagi rivojlanishining muhim bosqichi, avvalo, mahalla institutining faoliyatini yanada takomillashtirish va nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilgan. Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, yurtimiz tinchligi hamda osoyishtaligini taʼminlash, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish masalalari tuman hokimligi mutasaddilarining doimiy eʼtiborida boʻladi.

Jamshid AKBAROV, Tuman hokimligi matbuot kotibi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер