Magic city hududida yongʻin chiqdi
Chilonzor tumanida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 6-oktyabr kuni soat 18:47 da Furqat koʻchasi joylashgan “Magic city” oilaviy bogʻi kirish qismida kabina yonayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 18:48 da yetib borib, yongʻin soat 18:49 da oʻchirildi.
Sodir boʻlgan hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring