Madridda 8-mart kuni boʻlib oʻtadigan barcha tadbirlar taqiqlandi

17:46 04 Mart 2021 Dunyo
1158 0

Hukumat rasmiylari Madridda va uning atrofidagi mintaqalarda COVID-19 epidemiyasi sababli Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan barcha tadbirlarni taqiqlashga qaror qilishdi. Bu haqda RIA nashri xabar bermoqda.

Madrid hukumat idorasi namoyishlar va tadbirlar boʻyicha barcha takliflarni oʻrganib chiqib, barchasini taqiqlashga qaror qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, bayram munosabati bilan turli xil tadbir va aksiyalar rejalashtirilgan boʻlib, unda jami 60 mingdan ortiq kishi ishtirok etishi mumkin.

Bugungi kunda Madrid Ispaniyada koronavirus yuqtirish darajasi yuqori boʻlgan mintaqalardan biri va kasalxonalarda odamlar oʻrtacha koʻrsatkichdan koʻp.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер