Madinaning orzusi amalga oshdi

14:05 15 Iyul 2024 Jamiyat
165 0

Botir MADIYOROV / “Xalq soʻzi”. Yoshlik – orzular fasli. Bu davrda inson oʻz kelajagi uchun astoydil harakat qilib, tinmay oʻqib–oʻrganadi, hayotiy saboqlar oladi. Boisi yoshlikda olingan bilim ertangi kun istiqboli uchun eng yaxshi investitsiyadir.

Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida joylashgan “Zinasha” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Madina Soliyeva joriy oʻquv yilida tumandagi 59-umumtaʼlim maktabini tamomlab, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga oʻqishga kirish niyatida hujjat topshirgandi.

U imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Fargʻona shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida istiqomat qiluvchi akasining xonadonida test sinovlariga tayyorgarlik koʻrayotgan edi. Shu yilning 11-iyul kuni davlatimiz rahbarining Ekoshaharga tashrif buyurishi uchun hayotida unutilmas taassurot qoldirdi.

– Prezidentimiz massivga kelgani haqida eshitib, tashqariga chiqqandik, – deydi Madina. – Davlatimiz rahbarining aholi vakillari bilan suhbati davomida koʻrishish, orzularim haqida aytib berish baxtiga musharraf boʻldim. Natijada Prezidentimiz tavsiyasi bilan Jahon tillari universitetiga imtiyozi grant asosida qabul qilindim.

Ertasi kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari hamda Jahon tillari universiteti rektori Fargʻona viloyati hokimligida onajonim hamrohligida menga oʻqishga qabul qilinganligim toʻgʻrisidagi sertifikatni tantanali ravishda topshirishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер