Lula da Silva uchinchi marta Braziliya prezidenti sifatida qasamyod qildi

15:12 02 Yanvar 2023 Dunyo
1211 0

Foto: AFP

Luis Inatsiu Lula da Silva mamlakat Kongressidagi inauguratsiya marosimida qasamyod qilib, uchinchi marta Braziliya prezidenti boʻldi. Bu haqda RBC xabar bermoqda.

U oʻz nutqining katta qismini oʻzidan oldingi prezident Jair Bolsonaro hukmronligi natijasida yuzaga kelgan “halokatlar”ga bagʻishladi.

“Ular atrof-muhitni vayron qildilar, hech qanday manba qoldirmadilar. Bu xarobalardan men mamlakatni qayta tiklashga vaʼda beraman”, — dedi u.

Davlat rahbari iqtisodiy siyosat Braziliyani qayta sanoatlashtirishga yoʻnaltirilishini qoʻshimcha qildi. Mamlakat Argentina, Paragvay va Urugvay bilan munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, AQSH, Yevropa Ittifoqi va Xitoy bilan faol muloqot olib borish niyatida.

“Braziliya oʻz taqdirining ustasiga aylanishi kerak. Biz bu mamlakatni qayta tiklaymiz, yashasin demokratiya va yashasin Braziliya xalqi”, — deya xulosa qildi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер