Londonda qilich bilan odamlarga qilingan hujum oqibatida bir bola halok boʻldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Buyuk Britaniya poytaxti London shahri sharqidagi Xaynault hududida qilich tutgan odam yoʻlovchilar va politsiyachilarga hujum qildi. Buning oqibatida 13 yoshli bola halok boʻldi, yana toʻrt kishi tan jarohati oldi.
“U qilich jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi va afsuski, qisqa vaqtdan keyin vafot etdi”, dedi shahar politsiyasi boshligʻi Styuart Bell.
Yana toʻrt nafar jabrlanuvchi, jumladan, ikki politsiyachi va ikki yoʻlovchi kasalxonaga yotqizilgan.
Gumonlanuvchi qoʻlga olindi. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining soʻzlariga koʻra, voqea terrorizm bilan bogʻliq emas.
Ushbu hodisadan xabar topgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak “bizning koʻchalarimizda bunday zoʻravonlikka oʻrin yoʻq”, dedi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring