Londonda Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya savdo-sanoat kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

18:53 01 Dekabr 2023 Jamiyat
230 0

Joriy yilning 28 va 29-noyabr kunlari London shahrida Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya savdo-sanoat kengashining (UBTIC) 27-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari, banklar, shuningdek, diplomatik missiyalar rahbarlari, jami 100 dan ortiq ishbilarmon doiralar vakillari va rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida moliyaviy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish, taʼlim, toʻqimachilik sanoati, transport, raqamli texnologiyalar va biznes jarayonlarida autsorsing masalalariga bagʻishlangan panel sessiyalari ham oʻtkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev aeroportlar, temir yoʻllar tizimini rivojlantirish va pullik yoʻllarni qurish bilan bogʻliq infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Tadbir yakuni boʻyicha Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya iqtisodiy, savdo va investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshma “Yoʻl xarita” hamda uchrashuvlar davomida erishilgan natijalarni amalga oshirish boʻyicha qator kelishuv va memorandumlar imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер