“Lockbit” xakerlari Germaniyada joylashgan uchta yirik kasalxonalarga hujum qilishdi

08:39 15 Yanvar 2024 Dunyo
895 0

28-dekabr kuni “Lockbit” xakerlar guruhi Germaniyaning Bilefeld, Reda-Videnbryuk va Xerford shaharlaridagi shifoxonalarning axborot tizimiga kiberhujumni amalga oshirib, IT tizimlariga zarar yetkazgan.

Ushbu shifoxonalar, oʻz hududlarida birinchi tibbiy yordam koʻrsatuvchi asosiy muassasalardan hisoblanganligi sababli, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj shaxslarni boshqa joyga koʻchirish, xizmat vaqti va muolajaning kechikishi kabi salbiy oqibatlarni yuzaga keltirmoqda.

Hozircha “Lockbit” xakerlar guruhi yetkazgan moddiy zarar, noqonuniy qoʻlga kiritgan maʼlumotlar va jinoyatchilarning shaxsi haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер