Litvada koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq birinchi holat qayd etildi

09:47 28 Fevral 2020 Dunyo
968 0

Litvada koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq birinchi holat qayd etildi, deb xabar berdi RIA “Novosti” ushbu mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga tayanib.

Kelib tushgan maʼlumotga koʻra, infeksiyani yuqtirib olgan fuqaro ayni paytda Shyaulyay shahridagi shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, bemor boshqalardan izolyatsiya qilingan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu shaxs virusni Italiyaning Verona shahrida yuqtirib olgan.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati Uxan shahrida pnevmoniya tarqalayotganini maʼlum qilgandi. Ushbu kasallikni Covid-2019 deb nomalanuvchi koronavirusning yangi tipi keltirib chiqarganidan xabaringiz bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер