O‘zbekistonning qo‘shni davlatlardagi elchixonalarida yangi lavozim joriy etildi

16:43 03 Iyul 2018 Siyosat
1762 0

 

2018 yil 1 iyuldan e’tibor

Foto: Sputnik

an mamlakatimizning Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmanistondagi elchixonalari shtat jadvaliga savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritildi. Bu o‘zgarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yili O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan tovar aylanmasi 253,9 mln. AQSH dollari, Tojikiston bilan 237 mln. dollar, Turkmaniston bilan 177,3 mln. dollarni tashkil etdi. Ushbu davrda O‘zbekistonning mazkur davlatlar bilan umumiy tovar aylanmasi 668,2 mln. dollarni tashkil etib, bu 2016 yilga nisbatan deyarli 16 foizga ko‘proqdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер