Latif shaharda 300 ming tupdan ziyod daraxt koʻchatlari ekiladi

16:16 10 Fevral 2025 Jamiyat
367 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Qoʻqonda koʻklam nafasi sezila boshlagan ayni kunlarda koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Shaharda “Yashil makon” umummilliy loyihasining joriy yilgi bahorgi mavsumida 78 ta mahalla fuqarolar yigʻini, tashkilot va muassasalarda 300 ming tupdan ziyod mevali hamda manzarali daraxtlar, buta koʻchatlari ekish maqsad qilingan.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan ilk daraxt ekish tadbirida shahardagi barcha sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar faol ishtirok etdi.

— Yaxshi niyat bilan yerga daraxt ekilgach, mehr bilan parvarishlanishi zarur, — deydi Qoʻqon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov. — Shu bois ushbu tashabbusni amalga oshirishdan oldin hududlarda koʻkalamzorlashtirish boʻyicha olib borilgan ishlar hamda daraxtlarning parvarishi koʻzdan kechirildi. Yaqin istiqbolda obod qilish koʻzda tutilgan boʻsh yer maydonlarining holati, sugʻorish tizimi kabi muhim masalalar oʻrganildi.

Shu tariqa bugungi tadbir doirasida belgilangan hududlarga 1000 tupdan ortiq manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekildi. Yashil hududni yanada koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish maqsadida tegishli masʼullar biriktirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер