Kuzgi va qishki mavsumga tayyorgarlik boshlandi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida aholi turar-joylari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Baliqchi tumanidagi mavjud 14 ta koʻp qavatli uylarda joylashgan 225 ta xonadon mavsumga tayyor holatga keltirildi.
— Ichimlik suvi quvurlari yangilanib, suv bosimi yaxshilandi, — deydi tuman hokimligi xodimi Muzaffar Karimov. — Gaz quvurining sozligi nazoratdan oʻtkazilib, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida transformator taʼmirlandi. Shuningdek, tandirxona, yer toʻla va turar-joy binolari, ularning yer toʻla qismlarida taʼmirlash ishlari olib borildi. Obodonlashtirish ishlari jarayonida hududdan 70 kub.m. chiqindi olib chiqildi.

Bu kabi xayrli ishlar viloyatdagi mavjud 2036 ta koʻp qavatli uylarning barchasida amalga oshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring