Kutubxonalar zamonaviy anjomlar bilan jihozlanmoqda

17:25 17 Yanvar 2024 Jamiyat
580 0

Toshkentdan joʻnatilgan “Bibtexnika” karvoni kuni kecha Namanganga yetib keldi. Ular Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilib, oʻquv dargohlari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan. Olib kelingan 1878000 dona anjom viloyatdagi 750 ta umumtaʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi muassasalar hamda viloyat bolalar kutubxonasiga beriladi.

— “Bibtexnika” jamlanmasi jamlama kitobi, inventar kitobi, kundalik daftari, kitobxon formulyari, “choʻntakcha”, alifboli kartochka, qaytaruv varaqasi, toʻplam gʻilofidan iborat, — deydi viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining darsliklar bilan taʼminlash va kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish shoʻbasi mudiri Ijobat Toʻyxonova. — Ularning topshirilishi ziyoxonalar imkoniyatini kengaytirish barobarida kitobxon oʻquvchilar bilan ishlashni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda Namanganda Muhammmadsharif Soʻfizoda nomli “Bolalar kutubxona”si hamda umumtaʼlim maktablarida 916 nafar kutubxonachi faoliyat olib bormoqda.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер