Kurskda raketa hujumi oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi

11:41 15 May 2025 Jamiyat
227 0

Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Rossiyaning Kursk oblasti, Rilsk shahriga berilgan raketa zarbasi natijasida 39 yoshli oʻzbekistonlik halok boʻldi. Bu haqda Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn maʼlum qildi.

Zarba natijasida vayronaga aylangan mehmonxonadan oʻzbekistonlik erkak jasadi topilgan. Xabarda marhumning shaxsiga aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, hujum vaqtida jarohatlangan ikki erkakning ahvoli hamon ogʻir ekani taʼkidlandi. Jabrlanganlar Kursk viloyat kasalxonasida davolanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Ukraina harbiylari Rilsk shahriga zarba bergani haqidagi xabarlar 11-may kuni paydo boʻldi. Ularda hujumlar natijasida uch kishi jarohatlangani hamda mehmonxona, ikkita xususiy uy, garaj va beshta avtomobil jiddiy zarar koʻrgani aytilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер