Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Tojikiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasini ochib berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan Tojikiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Bu yerda Tojikistonning yuzdan ortiq korxonalari mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Prezidentimizga mazkur korxonalar haqida so‘zlab berildi. Davlatimiz rahbari mahsulotlarning sifati bilan qiziqdi, ishlab chiqaruvchilar bilan suhbatlashdi.
Tashqi savdo va iqtisodiyot mahkamalariga eksport-import aloqalarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Sanoat korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish, tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.





Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring