Kurash boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boshlandi

11:14 19 Dekabr 2018 Sport
3306 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Bugun, 19 dekabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida kurash boʻyicha jamoalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi start oldi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport majmuasida oʻtayotgan bellashuvlar erkaklar oʻrtasida 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg.gacha hamda undan yuqori, ayollar oʻrtasida esa 48, 52, 57, 63, 70, 78, 87 kg.gacha va undan yuqori boʻlgan vazn toifalarida tashkil etilmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Erkaklar bahslarida 2000 yilda tugʻilgan va undan katta yoshdagi polvonlar, ayollar oʻrtasidagi bellashuvlarda esa 2001 yil va undan oldin tavallud topgan sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib bormoqdalar.

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Musobaqa Nizomiga koʻra har bir jamoa tarkibidan koʻpi bilan 14 nafar erkak va 16 nafar ayol sportchi oʻrin olishi va bellashuvlarda ishtirok etishi mumkin.

 

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер