Kundalik.com tizimidagi uzilishlar sabab o‘qituvchilarga chora ko‘rilmaydi
O‘zbekiston internet resurslariga yuklamaning ortishi, hamda veb-saytlar va messenjerlar faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritilishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar Kundalik tizimining ish faoliyatiga ham o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. Shu sababli hozircha sayt sahifalarini yuklashda biroz qiyinchiliklar yuzaga kelgani haqida Kundalik.com ning rasmiy kanalida xabar berildi.
Kompaniyamizning eng muhim ustuvor vazifasi — barcha foydalanuvchilar uchun uzluksiz va qulay o‘quv jarayonini taʼminlashdir. Keyingi ishlarning borishi haqida sizga maʼlumot berib borami, deyiladi xabarda.
Xalq taʼlimi vazirligi Kundalik tizimidagi ushbu holat sababli yuzaga kelgan uzilish bartaraf etilganidan so‘ng, choraklik baholarni kiritishlari mumkinligini hamda texnik sabablarga ko‘ra vaqtida kiritilmagan maʼlumotlar uchun sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilariga hech qanday chora ko‘rilmasligini maʼlum qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring