Kun fotosi: Qoʻqon shahar hokimining qabulida fuqarolarga muzqaymoq tarqatildi
Qoʻqon shahar hokimi Marufjon Usmonovning sayyor qabulida 70 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi mutasaddilari, sektor rahbarlari, mahalla raislari va masʼul rahbarlar ishtirokida oʻtkazilgan qabulda fuqarolar ijtimoiy muammolari va va tadbirkorlik subyektlari vakillarining masalalarini ijobiy hal etish choralari koʻrildi.
“Qabulda, navbatda turgan fuqarolarning kayfiyatini koʻtarish va samarali muloqotni tashkil etish maqsadida fuqarolar muzqaymoqlar bilan bahramand etildi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Olmaliqda 49 kishi muzqaymoqdan zaharlangani haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring