Kumushfurush va attorning “misi chiqdi”

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
“Almata-Nukus” yo‘nalishida kirib kelgan yo‘lovchi poyezdi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yo‘lovchilardan biri bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilmasdan turib kumushdan ishlangan 708 gr.dan ortiq zargarlik buyumlarini olib kirishga uringani fosh bo‘ldi. 74 turdagi mazkur kumush taqinchoqlarning umumiy qiymati dastlabki xisob-kitoblarga ko‘ra taxminan 14 mln. so‘mdan ortar ekan.
Ayni shu poyezdning yana bir yo‘lovchisi esa 14 turdagi 254 dona kosmetika va parfyumeriya vositalarining bojxona nazoratidan chetlab olib o‘tishga uringan paytda to‘xtatib qolindi. Sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan parfyumeriya va kosmetika vositalarining noqonuniy olib kirilishi, boz ustiga ushbu jarayonda bu kabi tovarlarning tashish va saqlash qoidalariga umuman rioya etilmasligi yurtdoshlarimiz salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin edi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring