Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini saqlayotgan dorixona aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “O.G.” MCHJga qarashli dorixonada MCHJ rahbari R.J. 84 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring